13:10 / 28.10.2023
242

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 30 oktyabr-1 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 31 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 1 noyabrda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 31 oktyabrda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 1 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +24...+29 daraja, 31 oktyabrda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 1 noyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +24...+29 daraja, 31 oktyabrda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +22...+27 daraja, 1 noyabrda kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +23...+28 daraja, 31 oktyabrda kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 1 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 31 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +9...+14 daraja, 1 noyabrda kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat