Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 758 mln. so‘mlik qarzini to‘lamagan tadbirkorning «zapravka»si nega xatlandi?
Bu haqda Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tumani bo‘limi boshlig‘i N.Ro‘zimatov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Uchko‘prik tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona Farg‘onadagi banklardan biridan 758 mln. so‘m kredit olgan, biroq uni qaytara olmagan.
Tegishli sud qarori byuroning Uchko‘prik tuman bo‘limiga kelib tushgach, darhol qarzdor tarafga ijro hujjati talabini bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilangan.
Qarzdor davlat ijrochisining ushbu qaroriga bepisandroq munosabatda bo‘lgani sababli majburiy ijro harakatlari olib borilib, benzin quyish shoxobchasi bino-inshootlari va agregatlari to‘liq xatlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar