15:25 / 24.11.2023
220

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. 24 noyabr kuni kunduzi harorat 15-18 darajagacha ko‘tariladi, shanba kuniga kelib 17-20 darajagacha, yakshanba kuni esa 20-23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekungacha kuchayadi.

Toshkentda: 24—26 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduzi 24 noyabrda 15-17 darajagacha, 25 noyabrda 16-18 daraja, 26 noyabrda 19-21 daraja atrofida bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat