Foto: sportishka.com
O‘zbekiston fuqarolari Polshaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi — qoliplash (opalubshik), metall konstruksiyalarni mahkamlash/temirchi (montajnik metallokonstruksiy). Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:
- 18-45 yosh;
- rus yoki ingliz tillarini bilish;
- so‘ralayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat qo‘shimcha ustunlik beradi);
- sudlanmagan;
- xorijga chiqish taqiqlanmagan;
- jismonan va ruhan sog‘lom;
- zararli odatlardan holi.
Ish haqi 750 yevrodan boshlanadi. Yotoqxona, tibbiy sug‘urta, Polshada ro‘yxatdan o‘tish, yotoqxonadan ish joyigacha transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan. Quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:
- viza to‘lovi;
- aviachipta;
- agentlik to‘lovi;
- ovqatlanish xarajatlari.
Ro‘yxatdan o‘tish
Eslatma: 100 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgandan keyin qabul to‘xtatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi