331
Iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida: “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz”
Erkin Abdulahatov
Foto: YouTube / Rasul Kusherbayev
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov fikricha, O‘zbekistonda 2030 yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja, 2040 yillarda 4 daraja, 2080 yillarda 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov ekologiya, atrof–muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev bilan qilgan suhbatida iqlim o‘zgarishi, havo haroratining ko‘tarilib borish sabablarini tahlil qildi.
“Hozir insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazmoqda. Biz havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz. Bunda harorat bir yil issiq bo‘lib, keyin sovib ketmayapti. Sanoat davrida yashayotganimiz, energiya ishlab chiqarayotganimiz tufayli atmosferaga haddan tashqari ko‘p gazlarni chiqaryapmiz. Iqlim o‘zgarishida inson omili asosiy rol o‘ynayapti. Dunyo mutaxassislarining 90 foizi hozirgi iqlim isishiga antropogen (inson ta’sirida) omil sabab sodir bo‘lyapti, degan fikrda. Qolgan 10 foiz olimlar iqlim yer ostidagi o‘zgarishlar, astronomik sabablar, quyoshning o‘zidan haddan tashqari ko‘p issiqlik chiqarishi fonida o‘zgaryapti, degan qarashda”, — dedi mutaxassis.
Foto: YouTube / Rasul Kusherbayev
Erkin Abdulahatovning aytishicha, O‘zbekistonning katta qismi cho‘lli hududlardan iborat. Global harorat yiliga 1–2 daraja (2023 yilda 1,5 daraja bo‘lgan) isiyotgan bo‘lsa, mazkur mintaqadagi harorat 2 daraja ko‘tarilmoqda.
“Mutaxassislar 2000–2005 yillarda O‘zbekistonda 2024–2025 yillardagi havo harorati doimgidan 2 daraja ko‘tarilishini prognoz qilgan. Bu haqda ko‘plab olimlarimiz o‘z monografiyalarida yozib qoldirgan. Xususan, 2005 yilda “Voris” nashriyotida iqlim o‘zgarishi va uning O‘zbekistonga ta’siri bo‘yicha ilmiy monografiya chop etilgan. Unda har bir tarmoq uchun ishlab chiqilgan ssenariylar yozilgan. Misol uchun, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri qanday bo‘lishi tahlil qilingan. Bundan 20–25 yil ilgari yozib qoldirilgan prognozlar hozir o‘zini oqlamoqda. Bu monografiya eng ko‘p nusxalarda chop etilgan va hukumatga ham taqdim etilgan. Hokimliklarning javonlarida ham ko‘rganman”, — dedi olim.
Foto: YouTube / Rasul Kusherbayev
Suhbatda iqlimshunos O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan havo haroratining kelgusi yarim asrlik prognozlari ham borligini aytdi.
“O‘zbekistonda harorati isishda davom etishi bo‘yicha 2000 yillardagi ssenariyni aytaman. O‘sha davrdagi prognozda mamlakatda 2030 yilga borib havo harorati yiliga 2–2,5 darajagacha, 2040 yillarda 4 darajagacha, 2080 yillarda 6 darajagacha ko‘tarilib ketishi ssenariylari berilgan. Hozirgi iqlim ssenariylari ham takomillashdi va ular ham 2080 yilgacha harorat ko‘tarilib borishi prognozlarini beryapti. Hindistonda harorat 50 darajagacha ko‘tarildi. Odamlar issiq ta’sirida vafot etmoqda. Ayniqsa, bolalar chiday olmayapti. Issiqlik stressi juda ham kuchli. Kelgusida biz ham mana shunaqa issiqlik stresslari bilan to‘qnashamiz. 2050 yilga borib Toshkent shahri agar hech narsa qilinmasa, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda pala-partishlik davom etsa, yoz oylarida harorat doimgidan 6–7 daraja issiqroq bo‘ladi. Bu degani 50 darajaga yaqin issiq kuzatiladi”, — deya ta’kidladi Erkin Abdulahatov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi