Foto: President.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi. Ezgu qadriyatlarimizga muvofiq, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
“Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida turibmiz. Ilohim, mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin, yurtimizga ko‘z tegmasin. Xalqimizni rozi qilish bo‘yicha ishlarimizga Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Bu majmuani qurishdan maqsadimiz ham Imom Buxoriy bobomizning qadrini yanada ko‘tarish, jahonga baralla aytishga asos yaratish. Bunday xayrli ishlarimiz ko‘p bo‘lsin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, prezident tashabbusi bilan Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Bugungi kunda qurilish va muhandislik ishlari bitkazilib, pardozlash bosqichi boshlangan. Bunda milliy an’analar va issiq ranglarga alohida e’tibor berilgan.
Foto: President.uz
Davlat rahbari ushbu qurilish va pardozlash ishlari bilan tanishdi. Endi majmuada zamonaviy, xavfsiz boshqaruvni joriy etish zarurligini ta’kidladi. “Bu majmua buyuk ma’naviy ustun bo‘lishi kerak”, dedi prezident.
Mutasaddilarga barcha tuman va shaharlardagi tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Foto: President.uz
Majmuada, shuningdek, muzey, naqshinkor ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari qurilmoqda. Davlat rahbari bo‘lajak muzeyni ham ko‘zdan kechirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi