Furqat tumanida yashovchi 27 yashar Akmaljon Kandiev 2014 yilning fevral oyi boshida qarindoshi E.Homidovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Rossiya Federasiyasining Krasnodar shahridagi boyvachchaning uyini qurish uchun ustalar kerakligini aytadi, deb yozadi “Kun” nashri.
Qarindoshi bu gapni ukasi J.Zoirovga etkazadi. J.Zoirov esa beshariqlik usta – qarindoshi A.Raimov bilan bog‘lanadi. Ular xorijga ishga otlanishadi. Biroq A.Raimovning onasi ish beruvchini so‘rab-surishtirmoqchi bo‘ladi. A.Kandiev Beshariqqa borib, Z.Raimova bilan ko‘rishadi. “O‘g‘lingiz qurilishda ishlaydi, qum suvoq va alebastr suvoq ishlarini qiladi. Oyiga 400 AQSh dollari ish haqi oladi”, deya onaxonni ishontirdi. Yo‘lda tasodifan tanishgan M.Javodovni ham xorijdagi serdaromad ishga qiziqtirib qo‘yadi.
Shu tariqa A.Kandiev fevral oyi o‘rtasida J.Zokirov, A.Raimov va M.Javodovni Krasnodar shahriga boshlab ketadi. Ularning pasportlarini yig‘ib olib, ish beruvchi bilan oyiga 400 AQSh dollaridan ish haqi to‘lashga kelishadi. Ustalarni esa “Ish haqinglarni o‘zim olib, uylaringga jo‘natib turaman”, deb ishontiradi.
To‘rt oy ishlashgan yigitlar A.Kandievdan ish haqlarini so‘rashganda “uylaringga jo‘natib turibman”, degan javobni eshitishadi.
J.Zoirov akasi E.Homidov bilan telefonda bog‘langanida, ko‘p narsa oydinlashadi.
- Aprel oyida Akmal telefon qilib, 700 dollar jo‘natganini aytgan edi, - deydi E.Homidov telefonda ukasiga. – Bankka uchrasam, 150 dollar kelibdi, xolos. Akmalga telefon qilsam, noto‘g‘ri kodga jo‘natibman, dedi-yu, telefonini o‘chirib qo‘ydi. Boshqa pul jo‘natgani yo‘q.
Shundan so‘ng, J.Zoirov sheriklari bilan uy egasiga uchrab, qurilishni tugatganini aytib, ish haqini so‘raydi. Uy egasi ish haqini oyma-oy Akmalga to‘lab turganini aytib, hisob-kitob varag‘ini ularga beradi. Shundan keyingina A.Kandiev ish haqlarini olgani, ammo ishlatib qo‘yganini tan oladi. Biroq, “ana beraman, mana beraman”, deya ularni bir yarim yil mobaynida aldab yuraverdi. Aldangan ustalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishadi.
Chorasiz qolgan A.Kandiev avvaliga ustalarga 333 ming so‘mdan, 1 mln. so‘m berib, “qolganini keyin beraman”, deb aravani quruq olib qochmoqchi bo‘ldi.
Sud A.Kandievdan jabrlanuvchilarga mehnat haqlarini undirish, o‘zini 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi