date

Toshkent viloyatida ommaviy janjalashuvda 29 yoshli fuqaro kaltaklandi

Toshkent viloyatida ommaviy janjalashuvda 29 yoshli fuqaro kaltaklandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 9-sentyabr kuni sodir bo‘lgan ommaviy janjal mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini o‘ziga tortdi. Bir guruh shaxslarning o‘zaro mushtlashayotgani videoga tushirilgan va tez tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu holatni shu kuni nazoratga olib, tezkor qidiruv va surishtiruv tadbirlarini olib bordi. Aniqlanishicha, soat taxminan 21:30 lar atrofida 29 yoshli fuqaro sinfdoshlari bilan to‘yxona hovlisida turgan paytda, unga tanish bo‘lgan 1997-yilda tug‘ilgan Yunusov Sirojiddin Safomuddin o‘g‘li boshchiligidagi shaxslar davlat raqami olib tashlangan avtomobil bilan kirib kelishgan.

Taraflar orasida kelib chiqqan nizo tufayli, 29 yoshli fuqaro qo‘l va oyoqlari bilan urilib, turli tan jarohatlari oldi. Voqea joyida olib borilgan tergov va surishtiruv tadbirlari natijasida mushtlashuv ishtirokchilari qo‘lga olindi va ularga nisbatan qonun doirasida “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llandi.

Shuningdek, mazkur jinoyatda gumon qilinayotgan 2000-yilda tug‘ilgan Qorajonov Javohir Djafer o‘g‘li va Nuraliyev Asadbek Alisher o‘g‘liga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ular hozirda ushlab olinishi uchun maxsus chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hodisa joyi va ishtirokchilar bilan bog‘liq surishtiruv ishlari davom etmoqda, mahalliy aholi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar janjallardan saqlanish va ehtiyotkorlikni oshirishga chaqirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida ommaviy janjalashuvda 29 yoshli fuqaro kaltaklandi