date

Urganchda YPX inspektori haydovchining oynasini sindirib to‘xtatdi

Urganchda YPX inspektori haydovchining oynasini sindirib to‘xtatdi

Xorazm viloyatida Yo‘l-patrul xizmati inspektori bilan haydovchi o‘rtasida sodir bo‘lgan holat jamoatchilik orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada YPX xodimining “Cobalt” rusumli avtomobilning old oynasini urib sindirgani aks etgan edi.

Vaziyat yuzasidan Xorazm viloyati IIB rasmiy izoh berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 sentyabr kuni “Cholish” to‘siq-postida inspektor haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq haydovchi qonuniy talabga bo‘ysunmay, harakatini Urganch tomonga davom ettirgan. Shu bois uni boshqa YPX inspektori shahar hududida kuzatishda davom ettirgan va chorrahada yana to‘xtashni talab qilgan.

Biroq haydovchi yana hamkorlik qilmagan, mashinaning eshiklarini qulflab, inspektor yo‘l oldida turganiga qaramasdan yo‘lni davom ettirishga urinish qilgan. Shu vaziyatda inspektor transport vositasini to‘xtatish maqsadida aloqa vositasi bilan oynaga urgan va natijada old oyna singan.

Shundan keyin ham haydovchi voqea joyidan qochishga urinishga harakat qilgan, ammo keyingi chorrahada baribir ushlangan. Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, u Beruniy tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib, haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur avtomashina oldin ham bir necha marta qoidabuzarlik sodir etgan va e’lon qilingan jarimalar ikki oydan ziyod to‘lanmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi. Ayni paytda haydovchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda YPX inspektori haydovchining oynasini sindirib to‘xtatdi