date

Kredit to‘lanmagani uchun uy auksionga chiqarildi

Kredit to‘lanmagani uchun uy auksionga chiqarildi

Qarzdor shaxsga kredit bo‘yicha qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash zarurligi haqida Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bir necha bor rasmiy ogohlantirish berilgan edi. Biroq, mazkur shaxs o‘z zimmasiga olingan moliyaviy majburiyatlarni bajarmadi va belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirmadi, deb xabar berildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 21.01.2025-yilda chiqarilgan ijro hujjatiga muvofiq, YATT M.A.dan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga jami 148,4 million so‘m kredit qarzdorligi undirilishi belgilandi. Shuningdek, qarzdor majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, undiruvning shaxsning turar-joyiga qaratilishi ham qayd etildi.

Ijro hujjati talablarini bajarishni ta’minlash maqsadida boshqarma xodimlari qarzdorga yana bir bor rasmiy ogohlantirish berdi. Ammo u baribir moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmadi va to‘lovdan bo‘yin tovladi.

Shu sababli, qonunchilikda belgilangan tartiblarga muvofiq, javobgarga tegishli Baliqchi tumani Ko‘l mahallasidagi turar-joy binosi xatlandi va ushbu mulk auksion savdosiga qo‘yildi. Hozirda mazkur xonadon 175 million so‘m boshlang‘ich qiymatda elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ochiq. Savdolarda har bir qonuniy fuqaro belgilangan tartibda qatnashishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit to‘lanmagani uchun uy auksionga chiqarildi