
9 iyul kuni O‘zbekistonning bir nechta hududlarida aholini sergaklikka undagan tabiiy hodisa – yer silkinishi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmik prognozi va monitoringi Respublika markazi tomonidan rasman ma’lum qilinishicha, bu tabiiy holat Qashqadaryo viloyatidagi Nishon tumanida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 9 iyul kuni joy vaqti bilan ertalab soat 07:16 atrofida ro‘y bergan yer silkinishi epimarkazi aynan Nishon tumani hududida joylashgan bo‘lib, u yerda silkinishlar 4 ballgacha yetib borgan. Bu hodisa nafaqat mahalliy aholi, balki butun mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotda, Toshkent shahridan silkinish epimarkazigacha bo‘lgan masofa 422 kilometrni tashkil etgan. Seysmologik tahlil natijalariga ko‘ra, Nishon tumanida yer silkinishlari 2-3 ball atrofida sezilgan. Bu holat o‘sha yerda yashovchi ko‘plab fuqarolar tomonidan his etilgan va ular o‘z uylarida, ish joylarida turli darajada g‘alati tebranishlar sezishganini ma’lum qilishgan.
Bundan tashqari, Guzor tumanida ham 2 ball kuchli silkinish qayd etilgan. Bu yerdagi aholi ham nogahon sodir bo‘lgan bu holatni kuzatishgan. Qarshi shahrida esa 2 ballik tebranishlar sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, bu shahar epimarkazdan 37 km uzoqda joylashgan.
Shukrki, hozircha yer silkinishi oqibatida hech qanday inson jarohati yoki moddiy talafot qayd etilmagan. Ammo bu kabi hodisalar har doim jamiyatga tabiiy xavfning hali ham dolzarbligini, aholining xavfsizlikka bo‘lgan tayyorgarligi muhimligini yodga soladi.
Seysmologlarning ta’kidlashicha, bunday kuchdagi yer silkinishlari tabiiy hol hisoblanadi. Ular geologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, Qashqadaryo kabi tog‘li va yarim tog‘li hududlarda bunday tebranishlar vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadi. Shu bilan birga, har bir yer silkinishi ortida ehtiyot bo‘lish, tayyorgarlik va tezkor harakat qilish zarurati turadi.
Fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi joylarda turli xil tovushlar, shamolsimon ufurishlar, qisqa muddatli titrashlar kuzatilgan. Bu esa yer osti harakati vaqtida sodir bo‘ladigan tabiiy ta’sirlar ekanligi ta’kidlandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolarni osoyishta bo‘lishga, ehtiyot choralariga amal qilishga, uy sharoitida havotirga tushmasdan, havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarga rioya etishga chaqirdi. Xususan, yer silkinishi sodir bo‘lgan paytda qanday harakat qilish lozimligi borasidagi tavsiyalar yana bir bor esga solinmoqda: xavfsiz joyga o‘tish, elektr uskunalarni o‘chirish, tirqishlardan yiroqlashish, uyni panikaga berilmasdan tark etish.
Bu hodisa bizni yana bir bor eslatib turibdiki, tabiat hech qachon ogohlantirmaydi. Har qanday paytda, har qanday hududda siz va biz sinovga duch kelishimiz mumkin. Shu bois, har bir fuqaro, har bir oila, har bir tashkilot o‘zining tabiiy ofatlarga tayyorgarligini to‘liq ta’minlashi lozim.
Maxsus muassasalar, hokimiyatlar va mutasaddi idoralar tomonidan ayni paytda vaziyat doimiy nazoratga olingan. Hududlardagi barcha tizimlar ogoh holatga keltirilgan. Seysmologik tahlillar davom ettirilayotgani, ikkinchi marotaba silkinishlar kuzatilishi ehtimoli pastligi ma’lum qilindi.
Jamoatchilik esa mazkur holat yuzasidan barqaror ruhda qolishga, yolg‘on axborotlar tarqatmaslikka, rasmiy manbalarga suyanib, mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirilayapti.
Tabiiy ofatlar har doim jamiyatning tayyorgarlik darajasini sinab ko‘radi. Qashqadaryodagi bu kuchli tebranishlar hech qanday ofatga aylanmadi – shukrona. Ammo bizning vazifamiz – bu kabi sinovlarga har doim tayyor bo‘lish va fuqarolik mas’uliyatini his etib yashashdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar