
Toshkent viloyatida davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi xorijiy valyutani noqonuniy yo‘l bilan chet elga olib chiqish holatiga chek qo‘yildi. Tezkor tadbir davomida Qozog‘istonga naqd pul ko‘rinishidagi valyutani “tashmachi” yordamida olib o‘tishga uringan guruh fosh qilindi.
Toshkent tumanida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida 1995-yilda tug‘ilgan shaxs 5 mln 622 ming Rossiya rublini kichik partiyalarga bo‘lib, Qozog‘istonga o‘tkazish uchun vositachiga topshirayotgan paytda qo‘lga olindi.
Davom ettirilgan surishtiruv jarayonida gumonlanuvchining avtomashinasi va yashash xonadonidan qo‘shimcha ravishda 11 220 AQSh dollari, shuningdek, mablag‘ egalarining ismlari qayd etilgan daftar rasmiy tartibda olib qo‘yildi.
Aniqlangan holat yuzasidan shaxsga nisbatan JKning 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.