Samarqandda 500 ga yaqin daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida noqonuniy daraxt kesish holati aniqlandi. “Kildon” mahallasi hududidagi Oqtepa kanali ichki qismi va qirg‘oq bo‘yida eroziyaga qarshi ekilgan 498 tup daraxt moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangan.
Kesilgan daraxtlar tarkibida 327 tup terak, 161 tup tol, 5 tup tut, 3 tup jiyda va 2 tup yong‘oq bo‘lgan. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bu qilmish tabiatga 2 milliard 220 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy choralar ko‘rilishi uchun materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing