
“Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari davomida YPX inspektorlari tomonidan navbatdagi qoida buzarlik aniqlandi. O‘rta Chirchiq tumanida transport vositasini mast holda boshqargan haydovchi to‘xtatilib, joyida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Alkotester ko‘rsatkichlariga ko‘ra, haydovchining nafasidagi etanol miqdori 0,387 mg/l ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan me’yordan — 0,135 mg/l dan deyarli uch baravar yuqori. Mazkur natija haydovchining mast holatda rulga o‘tirganini tasdiqlaydi.
Hozirda voqea yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan. Haydovchiga 3 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi kutilmoqda.
Tartibot idoralari haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni, o‘z va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikni yana bir bor eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.