date

Sovuq mavsumda tetiklik beruvchi eng samarali mahsulotlar

Sovuq mavsumda tetiklik beruvchi eng samarali mahsulotlar

Kuz-qish davrida ko‘pchilikda holsizlik, ertalab o‘rindan turish qiyinligi va kun oxiriga borib energiya tanqisligi kuzatiladi. Bunday paytda organizmni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘llaridan biri — foydali va vitaminli mahsulotlarni iste’mol qilish. Quyida aynan shu mavsumda quvvat beruvchi eng maqbul oziq-ovqatlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Qahva

Kofeinli qahva tetiklashtiruvchi ichimliklar ichida peshqadam. Bir finjon qahva energiyani tiklab, sut qo‘shilsa, kalsiy va D vitamini bilan ham ta’minlaydi.

Donli yormalar

Yormadan tayyorlangan nonushta glyukozani qonda uzoq vaqt ushlab turib, kun davomida barqaror energiya manbai bo‘ladi.

Tuxum

Tuxum sarig‘i B vitaminiga boy bo‘lib, taomni energiyaga aylantirishda muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, oqsil manbai sifatida organizmni quvvat bilan ta’minlaydi.

Yong‘oq va quritilgan mevalar

Pista, yong‘oq va turli quritilgan mevalar foydali yog‘ va oqsil bilan to‘la. Ular organizmni kuchaytiradi va bir necha soat davomida quvvatni ushlab turadi.

Choy

Qora yoki ko‘k choy — tetiklik va suvsizlanishga qarshi yordamchi. Mevali yoki asalli giyohli choylar esa sovuq mavsumda organizmni vitaminlar bilan ta’minlab, yumshoq energiya beradi.

Apelsin sharbati

C vitaminiga boy sitrus sharbati uyqusi tiniq bo‘lmaganlar uchun a’lo. Laym va limon ifori miya faoliyatini rag‘batlantiradi va shamollashdan saqlaydi.

Olma

Olma tarkibidagi kversetin mushaklarning energiya ishlab chiqarishini oshiradi. Shu bois ham uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik maslahat beriladi.

Shokolad

Bir bo‘lak qora shokolad organizmga bir necha soatga yetgulik energiya beradi. Qora shokolad tanani tez tiklab, kunni tetik boshlashga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Sovuq mavsumda tetiklik beruvchi eng samarali mahsulotlar