
O‘zbekistonda XCM (X Connection Media) nomli taxminiy moliyaviy piramida faoliyati yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
IIV, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu platformani targ‘ib qilishda ishtirok etganlik holati bo‘yicha xizmat tekshiruvini ham tayinlagan. Bungacha Kun.uz XCM faoliyati haqida xabar bergan edi.
U mehnat jamoalarida faol reklama qilinmoqda, shuningdek, ayrim huquq-tartibot xodimlari ham ushbu loyiha ishonchli deb hisoblagan holda boshqalarni jalb qilgan. Platformada ishtirok etish uchun odamlardan depozit kiritish talab qilinib, ularga video tomosha qilish va yangi ishtirokchilarni taklif qilish evaziga yengil daromad va’da qilingan.
Ayrim fuqarolar ushbu va’dalarga ishonib, kredit olishgan yoki hatto mol-mulklarini sotib, pulni ko‘paytirish maqsadida loyihaga qo‘shilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar