
26 dekabr kuni kechqurun Toshkent shahrida navbatdagi maishiy hodisa qayd etildi. Soat 19:42 da Shayxontohur tumani Sebzor dahasi, 18A-uy oldida turgan avtomashina yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Olingan chaqiruvga muvofiq, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:48 da yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida alanga oradan bir necha daqiqa o‘tib, aniqrog‘i soat 19:51 da to‘liq o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Hozirgi paytda avtomashinada yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani mutasaddi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
Tezkorlik va aniq harakatlar tufayli yong‘in atrofdagi binolarga tarqalishining oldi olindi, vaziyat nazorat ostida qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.