Samarqandda “01 777 PPX” raqamini taqib harakatlangan shaxs jazolandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida qo‘lbola davlat raqami bilan harakatlangan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro “Lacetti” avtomobiliga o‘zboshimchalik bilan tayyorlangan “01 777 PPX” raqamini o‘rnatib, taxminan yarim soat davomida harakatlangan.
Tekshiruvlar davomida aslida avtomobilning rasmiy davlat raqami “30 X 877 OB” ekani aniqlangan. Haydovchi esa mazkur ishni qasddan buzish emas, balki suratga tushish uchun qilganini aytgan.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro qonunbuzarlikda aybli deb topilib, unga BHMning 50 baravari miqdorida — 20 million 600 ming so‘m jarima tayinlangan. Shuningdek, qalbaki avtoraqamlar yo‘q qilinishi belgilangan.
Qayd etilishicha, 2025 yil 25 dekabr holatiga ko‘ra, “01 777 PPX” raqami hech bir fuqaroga rasman biriktirilmagan. Qisqasi, “chiroyli kadr” qilish istagi haydovchiga ancha qimmatga tushdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!