date

«Neftchi» markaziy chiziqni tajribali Xurshid G‘iyosov bilan kuchaytirdi

«Neftchi» markaziy chiziqni tajribali Xurshid G‘iyosov bilan kuchaytirdi

Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilayotgan "Neftchi" klubi transfer bozorida faolligini davom ettirib, navbatdagi muhim kelishuvni amalga oshirdi. Yuksak maqsadlarni oldiga qo‘ygan «Neftchi» OKMK jamoasining tajribali yarimhimoyachisi Xurshid G‘iyosov bilan rasman shartnoma imzoladi.

Yangi transfer jamoaning markaziy chizig‘ini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, murabbiylar shtabi G‘iyosovning tajribasi va o‘yinni o‘qish qobiliyati «Neftchi»ga katta foyda keltiradi, deb hisoblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Xurshid G‘iyosov 1995 yil 13 aprel kuni tavallud topgan. U professional futbolchilik faoliyatini 2014 yilda Toshkentning "Bunyodkor" klubida boshlagan. Keyinchalik, 2020 yilda Janubiy Koreyaning «Anyang» jamoasida legioner sifatida to‘p surib, xalqaro tajriba orttirgan.

2021 yilda u yana «Bunyodkor» safiga qaytgan bo‘lsa, 2022 yildan e’tiboran OKMK a’zosiga aylandi. G‘iyosov 2025 yil oxiriga qadar «konchilar» safida barqaror o‘yini bilan ajralib turdi.

Endi esa tajribali xavbek Farg‘ona klubi bilan yangi sahifa ochmoqda. Muxlislar uning «Neftchi» safidagi o‘yinlari jamoaga yangi impuls berishiga katta umid qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» markaziy chiziqni tajribali Xurshid G‘iyosov bilan kuchaytirdi