
"Bayer" himoyachisi, uzoq yillar Madridning "Real" klubida o‘ynagan Lukas Vaskes Zinedin Zidan bilan ishlagan davrini esladi. Fransuz mutaxassis 2016 yilda "qaymoqranglilar"ni boshqargan va jamoani ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘alabaga olib chiqqanidan so‘ng lavozimni tark etgan.
2019 yilda afsonaviy sobiq yarim himoyachi yana qaytdi va 2021 yilgacha bosh murabbiy bo‘lib ishladi. Shundan beri uning murabbiylik faoliyati tanaffusda.
"Zidan kiyinish xonasining kumiri edi, barchamiz unga qoyil qolardik. Dastlab hech kim u bunday muvaffaqiyatga erishishini tasavvur qilmagandi, ammo u doim yuzma-yuz o‘zi nima deb o‘ylasa, shuni aytardi.
Shu bilan birga, har bir futbolchiga ko‘p e’tibor qaratardi — bu juda qimmatli. Menga eng ko‘p ta’sir qilgani uning futbolchilarga bo‘lgan ishonchi edi.
Zidan futbolchi bo‘lish nimaligini juda yaxshi biladi va o‘yinchilarning fikrlarini ham a’lo darajada tushunadi. U jamoaga juda yaqin edi", — deya Vaskesning so‘zlarini Madrid Universal keltiradi.
Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, JCh-2026dan keyin Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Desham o‘rnini egallaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.