
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 16 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan dahshatli jinoyat bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, jinoyatda aybdor deb topilgan 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi umrbod ozodlikdan mahrum etildi.
Sud, shuningdek, ayblanuvchini marhumaning yaqinlariga 50 million tenge (taxminan 1 milliard 165 million so‘m) miqdorida ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lashga majbur qildi. Garchi sud jarayonida gumonlanuvchi aybini to‘liq tan olmagan bo‘lsa-da, tergov tomonidan taqdim etilgan dalillar yetarli va ishonchli, deb topildi.
Fojea 6 iyun kuni tungi payt sodir bo‘lgan. 16 yoshli maktab o‘quvchisi do‘kondan uyiga qaytayotganida bedarak yo‘qolgan. Qiz uyiga yetib kelmagach, qarindoshlari va mahalla aholisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tun bo‘yi uni izlashgan. Ertalab esa qizning jasadi bolalar bog‘chasi yaqinidagi yo‘l bo‘yidan topilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining qotillik, zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlik harakatlari moddalari bilan aybdor deb topildi. Sud bu jinoyatni o‘ta og‘ir va jamiyat uchun nihoyatda xavfli, deya baholadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.