
Farg‘ona viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi 2025 yil 20 dekabr kuni Qo‘qonlik tabib I. Saliyevni 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Himoya tomoni tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi.
Sud qaroriga ko‘ra, xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun maxsus litsenziya talab etiladi. I. Saliyevda esa bunday ruxsatnoma mavjud emas. Sud “xalq tabobati a’zosi” degan guvohnoma litsenziya o‘rnini bosmasligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, tabibning ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni shaxsan joylamagani haqidagi da’volari ham asosli deb topilmadi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, I. Saliyev ushbu sahifalar va kanallar faoliyatida bevosita ishtirok etgan.
Ayni paytda mazkur qaror yuzasidan kassatsiya shikoyati kiritilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.