
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida og'ir yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi, natijada besh kishi hayotdan ko'z yumdi. Fojia 21-noyabr kuni kechqurun, Toshkent–Termiz yo'lining 989-kilometrida yuz berdi.
Mahalliy huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko'ra, ISUZU yuk mashinasi haydovchisi yo'l belgilari – 'Yo'l bering' va 'O'ngga harakat' talablarini buzib, yo'lning belgilangan joyidan tashqarida Toshkent tomon burilishga uringan. Shu paytda Toshkentdan Samarqandga ketayotgan Lacetti avtomobili kelayotgan edi.
To'qnashuv natijasida Lacetti mashinasining old qismi yonib ketgan va avtomobil butunlay yonib kul bo'lgan. Haydovchi va salon ichida bo'lgan to'rt nafar yo'lovchi og'ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo'lgan.
Jizzax viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.