Soliq qarzi sababli noturar bino xatlandi

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblangan.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarorlariga asosan "Sh.K." fermer xo‘jaligidan ijro hujjatlari bo‘yicha soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro varaqalari Byuroning Sharof Rashidov tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli noturar bino-inshootlari xatlandi.
Qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinmagan taqdirda, ushbu mulk vositasi auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar qarzdorlikka yo‘naltiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!