
O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mitasi barcha qurilish kompaniyalariga qurilish maydonlarida havoni himoya qilish talablari shartsiz bajarilishi lozimligi haqida rasmiy xabarnoma yubordi. Qo‘mitaning eslatishicha, qonunga ko‘ra, quruvchilar binolarni qurish vaqtida chang va qum ko‘tarilishini oldini olishi kerak.
Shuningdek, kompaniyalar qurilish maydonlariga kirish va chiqish joylariga osma purkagichlar hamda sug‘orish tizimlarini o‘rnatishi shart. Boshqa talablar qatorida transport vositalarining g‘ildiraklarini yuvish va maydonlarni o‘rab olish ham mavjud.
Qo‘mita ushbu qoidalarga rioya qilmaslik uchun jarima va boshqa ma’muriy choralar belgilanganini ogohlantirdi. Ayrim hollarda kompaniyalar faoliyati o‘n ish kuniga to‘xtatilishi yoki to‘liq tugatilishi mumkin.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.