date

Jizzaxda Matiz yuk mashinasi bilan to'qnashdi

Jizzaxda Matiz yuk mashinasi bilan to'qnashdi
23-noyabr kuni soat 08:10 larda Jizzax–G'allaorol yo'lining 34-kilometrida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Matiz avtomobili haydovchisi quvib o'tish chog'ida qarama-qarshi yo'nalishga chiqib, ZIL-130 yuk mashinasi bilan to'qnashgan.

Hodisa natijasida Matiz haydovchisi va ikki nafar yo'lovchi voqea joyida halok bo'lgan. Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda Matiz yuk mashinasi bilan to'qnashdi