date

Humans xizmatlari O‘zbekistonda uzluksiz ishlamoqda

Humans xizmatlari O‘zbekistonda uzluksiz ishlamoqda

Humans kompaniyasining O‘zbekistondagi xizmatlari uzluksiz ishlashda davom etmoqda. Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun marketpleys, yetkazib berish xizmati va boshqa imkoniyatlar ochiq, deya ma’lum qildi Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan Humans Mobile Ltd. kompaniyasi.

"Humans MCHJga nisbatan yuritilayotgan huquqiy jarayonlar xizmatlarning ishlashiga, xizmat ko‘rsatish sifati va mijozlar uchun mavjudligiga ta’sir qilmaydi", — deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq Humans ilovasi orqali noqonuniy pul yechish holatlari haqida xabar tarqalgan edi. Bundan tashqari, poytaxt sudi kompaniyani bankrot deb topib, uning tugatilishi jarayonini boshlagan, biroq bu xizmatlar faoliyatini to‘xtatmagan.

Humans rahbariyatining fikricha, sudning bankrotlik haqidagi qarori qonunchilikka zid, chunki kompaniyada to‘lovga layoqatsizlik belgilari mavjud emas. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, Humans bir necha marta sudga murojaat qilib, bankrotlik qaroriga apellyatsiyalar kiritgan, ammo O‘zbekiston sudlari muntazam ravishda da’volarini rad etgan.

Shuningdek, Humans Mobile Ltd. ayrim davlat va tijorat tashkilotlari hamda ularning xodimlari va aksiyadorlarini o‘zbek biznesini reyd usulida egallashga urinishda aybladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Humans xizmatlari O‘zbekistonda uzluksiz ishlamoqda