
AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan 2025 yil boshidan joriy etilgan import bojxona tariflari mamlakat byudjetiga $200 milliard tushum keltirdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
"Biz maqsadli razvedka ma’lumotlari asosida harakat qilib, qat’iy nazorat va tezkor chora-tadbirlar orqali AQSH iqtisodiyotining xavfsizligini ta’minlaymiz, Amerika sanoatini himoya qilamiz va savdo qonunlarimizni buzishga uringanlarni javobgarlikka tortamiz", – dedi Bojxona va chegara xizmati komissari Rodni Skott.
Tramp AQSH Kongressining roziligisiz ko‘plab davlatlardan olib kelinadigan import mahsulotlariga javob tarzida yangi bojxona tariflari joriy etdi.
Shuningdek, Kanada, Xitoy va Meksikadan import qilinadigan mahsulotlarga "fentanil" tariflari belgilandi. U mazkur davlatlarni narkotik moddalar oqimini AQSHga to‘xtatishga qodir bo‘lmagani uchun aybladi.
Oq uy rahbari bir necha marta AQSH har kuni bojxona tariflaridan $2 milliarddan ortiq daromad olayotganini, jumladan, importga "o‘zaro" bojlarning ham hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Oliy sud yangi tariflarning qonuniyligini ko‘rib chiqmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.