
Xonanda Lola Ahmedovaga jurnalistlar tomonidan: “Bugungi kunda ko‘plab taronalaringiz xit darajasiga yetdi. Shu qo‘shiqlaringiz orasida sizni eng mashhur qilgan, tinglovchilar yodida qolgan tarona qaysi?” degan savol berildi.
Savolga samimiy javob bergan san’atkor, uzoq o‘ylab o‘tirmay, aynan “Sog‘intirib” nomli qo‘shig‘ini tilga oldi. Lola Ahmedovaning aytishicha, bu tarona nafaqat muxlislar orasida, balki to‘y va bayram tadbirlarida ham eng ko‘p so‘raladigan qo‘shiqlardan biriga aylangan.
— “Agar bittasini aytadigan bo‘lsam, bu albatta ‘Sog‘intirib’. To‘ylarda ham aynan shu qo‘shig‘imni so‘rashadi. Hatto aytish mumkinki, bu qo‘shig‘imsiz to‘y o‘tmaydi,” — deya ta’kidladi xonanda.
Ushbu e’tirof Lola Ahmedovaning “Sog‘intirib” qo‘shig‘i nega hanuzgacha ommalashib kelayotgani va xalq orasida o‘z o‘rnini mustahkam egallaganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.