
Aktrisa Iymona G‘ayratovaga jurnalist tomonidan: “Siz uchun eng zo‘r va haqiqiy legenda futbolchi kim?” degan savol berildi. Savolga hech ikkilanmasdan javob bergan aktrisa: “Men uchun bu — Messi,” deya e’tirof etdi.
Shundan so‘ng Iymona o‘z fikrini davom ettirib, nafaqat futbolchining mahorati, balki uning insoniy fazilatlari ham o‘ziga juda yaqin ekanini ta’kidladi.
— “Men 'Barcelona' jamoasini ham, Messini ham juda yaxshi ko‘raman. Chunki ularda insoniylik, kamtarlik va samimiyat boshqacha,” — dedi u.
Aktrisaning bu samimiy javobi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ayniqsa, Lionel Messi muxlislari Iymona G‘ayratovaning fikrini qo‘llab-quvvatlab, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy izohlar qoldirishdi. Bu e’tirof esa Messining nafaqat maydonda, balki inson sifatida ham millionlab yuraklarda alohida o‘rin egallaganini yana bir bor tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.