date

Toshkent shahrida WB Taxi xizmati ishga tushdi

Toshkent shahrida WB Taxi xizmati ishga tushdi

Rossiyaning Wildberries onlayn bozor platformasi Toshkentda WB Taxi xizmatini ishga tushirdi. Android va iOS smartfonlari uchun maxsus ilova orqali avtomobil chaqirish imkoniyati taqdim etiladi.

Yangi foydalanuvchilar boshqa mijozlarning shaxsiy havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi yoki ilova orqali ariza topshirishi mumkin. Spot xabariga ko‘ra, foydalanuvchilarga to‘rt turdagi tarif tanlovi taklif etiladi: ’Standart’, ’Komfort’, ’Komfort Plyus’ va ’Multi’.

Sayohat uchun to‘lovni bank kartasi orqali amalga oshirganlarga 50% keshbek taqdim etiladi. Avvalroq, xizmatning dastlabki bosqichida u ’yopiq klub’ formatida ishga tushirilishi haqida ma’lum qilingan edi. Bu uslub yo‘lovchilar uchun qulaylik va xizmatning silliq ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

’Yopiq klub formati bizga xizmatni rivojlantirish bo‘yicha maksimal e’tibor qaratish imkonini beradi. Xizmatni bosqichma-bosqich ishga tushiramiz va tizimning barcha elementlarini sinchiklab kuzatamiz. Klub ishtirokchilarining fikr-mulohazalari xizmatni yanada takomillashtirish va kengaytishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi’, — dedi WB Taxi rahbari Anatoliy Smorgonskiy.

Avvalroq kompaniya Rossiyada taksi xizmatini ishga tushirish rejalari bo‘yicha tarqalgan xabarlarni rad etgan edi. Ularning ta’kidlashicha, xizmat avval O‘zbekiston va Belarusda sinovdan o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida WB Taxi xizmati ishga tushdi