
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Namangan shahrida korrupsiya bilan bog‘liq navbatdagi holat fosh etildi. “Kumir ta’minot” korxonasi rahbarining o‘rinbosari 40 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs ombor mudiri lavozimiga tayinlash masalasida yordam berish, shuningdek qo‘shimcha ko‘mir vagonlarini ajratib berish evaziga ushbu mablag‘ni talab qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, pora pullarining bir qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri ushlash vaqtida dalil sifatida musodara qilingan.
Shu bilan birga, mazkur holatdan avval vositachi orqali ushbu mansabdorga 25 ming dollar yetkazib berilgani ham aniqlangan. Pora berishda vositachilik qilgan shaxs ham tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olinib, hozirda u ham tergov organlari nazorati ostida.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mazkur holat yuzasidan firibgarlik va pora olish moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda barcha holatlar chuqur o‘rganilmoqda, tergov harakatlari davom etyapti.
Qisqasi, navbatdagi korrupsiyaviy sxema ochildi. Bu esa davlat idoralarida shaffoflikni ta’minlash yo‘lida kurash izchil davom etayotganini yana bir bor ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.