
2025 yil 26 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatida O‘zbekistonning ilk kosmonavtini va sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu voqealar ilm-fan rivojlanishiga yangi turtki beradi.
2028 yilda Samarqandda Xalqaro astronomik kongress o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekkosmos va Innovatsion rivojlanish agentligi kichik sun’iy yo‘ldosh uchirish borasida kelishuvga erishgan edi.
Loyihaga o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shu yilning yozida Toshkent SpaceX kompaniyasi yordamida sun’iy yo‘ldosh uchirishga qiziqish bildirgani va kompaniyaning O‘zbekistonga kosmosni o‘rganish strategiyasini ishlab chiqishda ko‘mak berishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.