date

O'zbekistonda 2030 yilgacha beshta davlat banki xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda

O'zbekistonda 2030 yilgacha beshta davlat banki xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda

Yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida 2030 yilgacha mamlakatda beshta davlat bankini xususiylashtirish rejalari belgilangan. Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

Rejaga ko‘ra, joriy yilning o‘zida to‘qqizta davlat bankidan bittasini sotish ko‘zda tutilgan. Iqtisodchi Otabek Bakirov 2026 yilda kichikroq banklardan biri — Aloqabank yoki Turonbank xususiylashtirilishi ehtimolini qayd etdi.

Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2026 yilda Asakabank aksiyalarining 15 foizini sotib olishi ma’lum qilindi. Bu qadam bankni xususiylashtirishga tayyorlash jarayonining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

2026 yil boshiga kelib Oʻzbekistonda to‘qqizta davlat banki faoliyat yuritadi: NBU, Agrobank, O‘zpromstroybank, Asakabank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Aloqabank va Turonbank.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonda 2030 yilgacha beshta davlat banki xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda