date

45 yil kutilgan baxt: 70 yoshli otaxon 7 qizdan keyin o‘g‘illi bo‘ldi

45 yil kutilgan baxt: 70 yoshli otaxon 7 qizdan keyin o‘g‘illi bo‘ldi
Hayot ba’zan insonni sabr bilan sinab, eng kutilmagan pallada eng katta sovg‘ani taqdim etadi. Bunga 70 yoshli otaxonning qissasi yaqqol misol bo‘la oladi. U kishi 7 nafar qizdan keyin, 45 yil deganda, nihoyat o‘g‘illi bo‘ldi.

Otaxonning aytishicha, katta qizi 1981 yilda, eng kichik qizlari esa 1992 yilda dunyoga kelgan. Oradan yillar o‘tib, 2025 yil unga umr bo‘yi kutilgan baxtni olib keldi.

“Qizlarim kelsa, uyimiz bayramga aylanib ketadi. Bittasi ko‘ylak olib keladi, boshqasi shapka. Bizga o‘xshabdi, deb erkalatishadi”, — deydi otaxon kulumsirab.

U o‘sha og‘ir, ammo samimiy xotiralarini ham yashirmadi. Ayoli tug‘ruqxonada ko‘z yosh to‘kib, “Yana qiz bo‘ldi”, deb xafa bo‘lgan paytlarini eslar ekan, otaxon uni taskin berib shunday degan:

“Oltinchi farzand ham qiz bo‘lmasa, birga o‘tkazgan umrimizdan norozi bo‘laman, deb hazil qilib ovutgandim”.

Bugun esa u kishi hayotining eng shukronali davrini yashayotganini aytadi. Qizlari, nabiralari va hatto uchinchi chevarrasidan bir yosh kichik bo‘lgan o‘g‘li haqida hazil qilib:

“Buni 'tog‘a' deb bo‘lmaydi”, — deya kuldirib qo‘yadi.

Bu hikoya — sabr, taqdir va ota mehri haqida. Eng muhimi esa, farzandning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishi emas, sog‘-salomat va baxtli bo‘lishi ekanini yana bir bor eslatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 45 yil kutilgan baxt: 70 yoshli otaxon 7 qizdan keyin o‘g‘illi bo‘ldi