date

Aysanem Yusupova yangi yoshini yorqin obrazda qarshi oldi (rasm)

Aysanem Yusupova yangi yoshini yorqin obrazda qarshi oldi (rasm)

Bugun mahoratli va latofatli aktrisa Aysanem Yusupova o‘zining 29 yoshini qarshi oldi.

Aktrisa o‘zining Instagram sahifasida yangi yoshiga bag‘ishlangan maxsus fotopost joylashtirdi. Suratda Aysanem o‘ziga xos uslubdagi yorqin qizil kastyum, nafis qora to‘rli qo‘lqop va baland poshnali qizil tuflida namoyon bo‘lib, o‘zining jozibali qiyofasi bilan muxlislar e’tiborini tortdi. U suratlari ostida qisqagina: "It's my birthday" (Bugun mening tug‘ilgan kunim) deya izoh qoldirgan.

Aktrisaning minglab muxlislari ushbu quvonchli kun munosabati bilan unga samimiy va iliq tabriklarni yo‘llashmoqda. Izohlarda ijodkorga uzoq umr, cheksiz baxt, ijodiy muvaffaqiyatlar hamda sihat-salomatlik tilaklari tinimsiz yog‘ilmoqda.

Ma’lumot uchun: Aysanem Yusupova 1997 yil 2 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida tavallud topgan. U bugungi kunda o‘zining betakror rollari bilan ko‘plab tomoshabinlar ko‘nglidan chuqur joy olgan ijodkorlardan biridir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Aysanem Yusupova yangi yoshini yorqin obrazda qarshi oldi (rasm)