date

Bostanliq tog' kurortlari yo'nalishida vaqtincha bir tomonlama harakat joriy etildi

Bostanliq tog' kurortlari yo'nalishida vaqtincha bir tomonlama harakat joriy etildi

31 dekabrdan 12 yanvargacha Bostanliq tumanidagi tog' kurortlariga olib boruvchi yo'lda bir tomonlama harakat tartibi yo'lga qo'yildi. Bu chora bayram kunlari xavfsizlikni kuchaytirish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida joriy etilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Vaqtinchalik cheklov Toshkent — Chirchiq — Chimyon avtomobil yo'lining 57–92-kilometrlari oralig'ida, 4R10 yo'li bilan kesishuvgacha bo'lgan qismida amal qiladi. O'zgarishlar Amirsoy, Beldersoy va Chimyon dam olish hududlariga qatnovchi transport oqimiga taalluqli.

Avvalroq Uznet foydalanuvchilari Amirsoy tomonga harakatda katta tirbandliklar yuzaga kelayotganini bildirgan edi. Ayrim haydovchilar va sayyohlar bunday holat har yili Yangi yil bayramlari davrida takrorlanishini ham qayd etishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bostanliq tog' kurortlari yo'nalishida vaqtincha bir tomonlama harakat joriy etildi