
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bloger Kirill Altman (AlterEgo YouTube-kanali)ga bergan intervyusida islohotlarni amalga oshirishda keskinlik emas, balki moslashuvchanlik va mulohazali, oqilona yondashuv muhimligini ta’kidladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Uning aytishicha, respublikada islohotlar endi boshlanayotgan bo‘lsa-da, ularning dastlabki samarasini allaqachon sezish mumkin: xususan, mamlakatda biznes yuritish ancha yengillashgan.
Shu bilan birga, Mirziyoyeva ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, muammolar hamon ko‘pligini, ayniqsa hududlarda masalalar keskinroq ekanini qayd etdi.
U davlat imkoniyatlari cheklanganini ham eslatib, bu cheklovlarni geografik sharoit, moliyaviy resurslar va infratuzilma bilan bog‘liq omillar sifatida izohladi. Mirziyoyevaga ko‘ra, mamlakat infratuzilmasining sezilarli qismi, boshqa postsovet davlatlaridagi kabi, eskirgan.
Infratuzilmani yangilash katta mablag‘ talab qilgani bois, bu yo‘nalishdagi islohotlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Shuningdek, u davlat rahbari boshqaruv tizimini yaxshi bilgani uchun natijani kutishni ham, yuqori talab qo‘yishni ham uddalay olishini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.