date

Kar haydovchi bilan bog‘liq video yolg‘on bo‘lib chiqdi

Kar haydovchi bilan bog‘liq video yolg‘on bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kar haydovchi go‘yoki haqorat qilingani aks etgan video keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda ko‘rsatilgan holat aslida sahnalashtirilgan bo‘lib, rul boshqaruvida kar haydovchi bo‘lmagan. Uch nafar yigit ushbu lavhani ataylab tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bu esa foydalanuvchilar tomonidan keskin tanqid qilindi.

O‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxslar aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berildi. Ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilib, tegishli jazolar tayinlandi. Jumladan, avtomobilni boshqargan shaxsga 8 sutka, uning yonidagi ikki nafar yo‘lovchiga esa 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi berildi.

Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida transport vositasini boshqargan shaxsning haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi ham aniqlandi. Shu sababli unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu avtomobil vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Mazkur holat yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy ravishda sahnalashtirilgan videolar tarqatish jiddiy oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kar haydovchi bilan bog‘liq video yolg‘on bo‘lib chiqdi