Kun.uz Moskva shahrida “LeksMobayl” yuridik firmasiga asos solib, mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatib kelayotgan Botirjon Shermatov bilan suhbat uyushtirdi. Muloqot davomida migrantlarga salbiy munosabat haqida ham fikr almashildi.
Botirjon Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxti Moskva shahrida 12 yildan beri yashamoqda. Uning aytishicha, o‘zbekistonlik migrantlarning asosiy qismi yaxshi, halol mehnat qilib kelayapti.
“Bu — salbiy munosabat — oxirgi paytlarda ham Rossiya, ham o‘zimiznikilar tomonidan qilingan tashviqot natijasi, deb o‘ylayman. Oxirgi yillarda ko‘rdikki, qandaydir klip, kino olinsa, migratsiyani yomonlab, salbiy ma’noda tasvirlash ko‘zga tashlandi. Lekin hayotning o‘zi bu narsalarning noto‘g‘riligini ko‘rsatib turibdi-ku. Agarda, shunday xorlik-zorlik, o‘sha kadrlarda ko‘rsatilgan manzara bo‘lsa, nega unda 1 mln 700 ming fuqaromiz qaytib kelmayapti? Demak, u yerda o‘sha bo‘rttirib ko‘rsatilgan hayot emas.
Hayot hammada har xil. Kimdir yaxshi joyda, kimdir sal bundayroq yerda ishlayapti. Bizning migrantlar mehnatsevar, har qanday qiyinchiliklarga chidab keladi. Men bir gapni boshqacharoq aytaman: “Migrantning o‘zi yomon, yuborgan puli yaxshi”. Migrantning uyidan chiqib, Rossiya ketishi va uyga qaytib kelguncha yo‘lda ham undan juda ko‘p odamlar foydalanadi, uning pulini oladi, kerak bo‘lsa aldaydi, talaydi. Lekin, migrant eson-omon kelmoqda, ota-onasiga pul jo‘nayapti, ishlayapti. Shuning uchun bu narsani to‘xtatish kerak.
Yaqinda Yoshlar ittifoqining rahbari Qahramon Quronboyevning intervyusini ko‘rdim. Bu migrantlarga ozgina ta’sir qildi. Intervyuda chetga chiqib ketishni salbiy ma’noda tasvirlashga harakat qilingan. Aytilmoqdaki, buyuk bobomiz Najmiddin Kubro Vatan yoki saodatli o‘lim, deb chetga chiqmagan, urush paytidan keyin ota-bolalarimiz Vatanni tashlab hech qayerga chiqib ketmagan, ularning g‘ururi bo‘lgan, degan gap bo‘ldi. Bu gaplardan keyin Rossiyadagi 1 mln 700 ming yoki boshqa davlatlardagi migrantlarimizning g‘ururi yo‘qmi, degan savol paydo bo‘lmoqda. Bu noto‘g‘ri gap. Najmiddin Kubroga keladigan bo‘lsak, ular vatanni mo‘g‘ullardan himoya qilganlar. U yerda chetga chiqish haqida gap ketmagan. Bundan tashqari, urushdan keyin ham o‘sha paytdagi odamlarimizda chetga chiqib ishlash imkoniyati bo‘lmagan aslida.
Bizning migrantlar Vatanni yomon ko‘rganidan, vatanfurushligidan yoki g‘ururi yo‘qligidan chetga chiqib ishlagani yo‘q, hamma har xil sabab, ehtiyoj tufayli borib ishlayapti. Lekin men bir narsani aytmoqchiman, agarda O‘zbekistonni himoya qilish kerak bo‘lsa, yuz foiz shunga kafolat beramanki, bizning migrantlarimizning hammasi qaytib kelib, Vatanni himoya qilishga tayyor turadi. Birgina misol. Odatda, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘z fuqaroligidan oson kechib, Rossiya fuqaroligini olishadi. O‘zbekistonliklarning asosiy qismi fuqarolikni olishga asosi bo‘lsa ham olmaydi. Nega? Ularning niyati, maqsadi baribir O‘zbekistonga qaytish”, — deydi Shermatov.
Ma’lumot uchun, Botirjon Shermatov bilan suhbatning to‘liq shakli tez orada taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi