Sirli joylar haqida gap ketganda, ular haqida turli mish - mishlarni so‘zlashadi. Xamma o‘z fikrini tasdiqlamoqchi bo‘ladi. Yer yuzida sirga to‘la joylar yuzlab topiladi. Ammo ularning ichida shundaylari borki, mana, oradan necha yillar o‘tasada, o‘z sinoatlari bilan barchaning diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratadi. Hatto ilmiy nuqtai nazarlar ham ularning sirini ochishga ojizlik qilmoqda.
Fransiyada joylashgan Qarnoq shahri yaqinidagi maydonda qator taxlab qo‘yilgan 3 mingdan ziyod toshlar miloddan avvalgi 4500 yilidan 3300 yiliga qadar o‘rnatilgan. Lekin aynan nima maqsadda ularni bu yerga keltirilgani haqida aniq fikrlar mavjud emas. Eng ko‘p taxminlarga ega faraz shundan iboratki, bu toshlarni qator etib joylashtirishdan murod, ular yordamida samo harakatini o‘rganish bo‘lgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilarning fikri o‘zgacha. Ularning aytishicha, ushbu toshlar zilzilani oldindan aytib berish uchun maxsus keltirilgan va shu tarzda joylashtirib chiqilgan.
Misrning Asuan vodiysida qurilish uchun mo‘ljallangan, erinmasdan mukammal ishlov berilgan juda katta tosh bo‘lagi yotibdi. Negadir u ishlatilmay shunchaki tashlab qo‘yilgan. Tarixchi olimlarning aytishlariga qaraganda, toshni qasr qurish uchun maxsus burg‘ulashgan, ana undan so‘ng uni ko‘tarishga harakat qilib ko‘rishgan. Ammo toshning bir necha yerida yoriqlar paydo bo‘ladi va u qurilish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Toshning balandligi 42 metrni tashkil etadi. Og‘irligi esa 1 ming 200 tonna yuk bosadi. Sodda qilib aytganda ushbu tosh, misoli 10 qavatli binoning yotgan ko‘rinishi desak ham bo‘ladi. Aytishlaricha, bu toshni ko‘tarish uchun bir necha yuz kran kerak bo‘larkan. Ammo Qadimgi misrliklar uni nima bilan ko‘tarishmoqchi bo‘lishgan? Bu hamon javobi yo‘q savol bo‘lib qolmoqda.
Ispaniyada uchta eng muhim o‘tish yo‘laklari mavjud. Kueva-de-Menga, Kueva-de-Vera, Tolos El-Romeral dunyodagi eng katta yo‘laklar hisoblanadi. Ushbu yo‘laklardagi toshlarning og‘irligi 180 tonnadan iborat bo‘lib, ular ushbu vodiydan bir mil uzoqlikdagi masofadan olib kelinganligini aytishadi. Yo‘laklar miloddan avvalgi 3700 yilda qurilgan va bugungi kunga qadar saqlanib turibdi.
Maltada joylashgan, ikki ulkan ibodatxonadan iborat Jagintiya majmuasi Gozo orolida qad rostlagan. Miloddan avvalgi 3600 yillarda qurilgan bu obidalar eng katta diniy inshootlar hisoblanadi. Olimlarni o‘ylantirayotgan narsa shuki, bu ibodatxonalar qurilgan paytda hali metall kashf etilmagan edi. Lekin asori atiqalardagi aylana shakllar qanday qilib hosil etilgan? Bu savolga hamon javob topilganicha yo‘q. Jagintiya nomi esa ushbu yerdan topilgan mahalliy xudolar haykalchalari nomiga berilgan. Ularning eng kattasi xuddi shu nom bilan atalgan.
Dumaloq toshlar. Kosta-rikadan topilgan toshlar turkumi. Ular keng maydon bo‘ylab sochilib yotibdi. Toshlarning o‘lchami bir necha santimetrdan ikki-uch metrga cho‘ziladi. Ularning eramizdan oldingi 1500-500 yillardan buyon mavjudligi haqida aniq faktlar yuradi. Toshlar haqidagi afsonalarning ko‘pchiligi afsonaviy shahar — Atlantida bilan bog‘liq. Boshqa bir mish-mishlarga qaraganda bu yerda juda katta ilohiy fojea sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Olmeklar boshi. Meksikada joylashgan bo‘lib, 17 nafar toshdan ishlangan boshlardan iboratdan haykallar majmuini tashkil etadi. Ular miloddan avvalgi 1500-1000 yillarda yasalgan. Boshlarning har biri 6 tonnadan 50 tonnagacha chiqadi. Haykallarning har biri alohida bezakka va ko‘rinishga ega. Afsonalarga qaraganda bu boshlar haykali mahalliy hukmdorlarga tegishli bo‘lib, ular qarg‘ish tufayli shunday toshlarga aylantirib qo‘yilgan.
Yonaguni yodgorligi. 1987 yil Yaponiyaning Yonaguni oroliga yaqin suv ostidan topilgan yodgorliklar majmui. Ular yassi bo‘laklarga, ustunlarga hamda ko‘p qirralarga ega qurilish inshootlaridan iborat. Suv ostidan topilgan ushbu yodgorlik, muz davrida quruqlikda joylashganligini, tabiiy ofatlar natijasida shunday holatga kelganligini ta’kidlashmoqda. Bu voqealar taxminan, 8-10 yil muqaddam bo‘lib o‘tgan. Mutaxassislarni o‘ylantirayotgan narsa bu emas. Suv ostida qolgan ushbu yodgorlikning birorta g‘ishti ham zarar ko‘rmagan. Imoratlar qanday qilib bunday chidamli quvvatga ega? Ularni odamlar qurishganmi yoki boshqa sayyoradan kelganlarmi? Bu savol hamon javobsiz.
Hindistonning Kambey ko‘rfazi suv ostidan 2001 yilda g‘oyib bo‘lgan shahar qoldiqlari o‘rganildi. Gidrolokator yordamida shahar qurilishiga taaluqli bir qancha belgilar ko‘zga tashlangan. U yerdan loydan yasalgan ko‘plab sopol idishlar, haykalchalar va bezak ashyolari topilgan. Shahar miloddan avvalgi 9500 yilda barpo etilganligi aniqlandi. Agar ana shu fakt rostan aniq bo‘lsa, demak u Yer sayyorasining eng qadimgi shahari bo‘lishi mumkin.
Kimsasiz orol. Bu orol Pasxa orolida joylashgan bo‘lib, butunlay unutilgan joy hisoblanadi. Ilgari bu yerda hayot borligini oroldagi ulkan haykallar aytib turadi. Tarixchi va arxeolog olimlar ushbu haykallar nima uchun yasalgan va bu yerda hayot qachon yakun topganligini aniq aytib bera olishmayapti.
Uzoq tarixdan ko‘rinib turibdiki, odamlar turli mo‘’jizalar yaratishga o‘ch bo‘lishgan. Ular o‘zlaridagi ijodiy tuyg‘ularni turli inshootlar qurish, haykallar yaratish va tasviriy san’at vositalari orqali namoyish etishgan. Lekin bu mo‘’jizalarning aksariyati xali-hamon o‘z fusunkorligini yo‘qotmagan va doim insonlarning diqqat-markazida.
Manba: Tnews.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz