date

“A1” toifa guvohnomasi bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi

“A1” toifa guvohnomasi bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi

O‘zbekiston hukumati tomonidan 2025-yil 25-oktyabrda qabul qilingan qarorga asosan, moped va skuter haydovchilari uchun maxsus “A1” toifali guvohnoma joriy etildi. Endilikda fuqarolar bu toifani olish uchun avtomaktablarda o‘qish shart emas — nazariy bilimlarni mustaqil o‘rganib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, “A”, “B”, “C”, “D” toifadagi guvohnomaga ega bo‘lgan haydovchilar moped yoki skuter boshqarish uchun qo‘shimcha ruxsatnoma olmasdan erkin harakatlana oladi. Bu yangilik aholining aksariyat qismida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi.

Mavzu yuzasidan "Vatanparvar" tashkiloti raisi Husan Botirov fikr bildirar ekan, bu tartib fuqarolar uchun qulaylik yaratishini, lekin sifatli o‘quv jarayoni zaruriyligini ham unutmaslik lozimligini ta’kidladi. “Vatanparvar” tizimidagi 200 dan ortiq avtomaktablar va o‘quv-sport markazlari hozirgi kunda barcha talab va litsenziyalarga javob beradigan darajaga yetkazilgan. Botirovga ko‘ra, qaror fuqarolarga byurokratik to‘siqlarsiz haydovchilik guvohnomasini olishga imkon beradi, biroq bu jarayon jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni talab qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » “A1” toifa guvohnomasi bo‘yicha yangi tartib kuchga kirdi