Transport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarish ayanchli yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak.
7 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida yirik YTH sodir bo‘ldi. Unda Nexia rusumli avtomashina Spark rusumli mashina bilan tungi soat 03:30 larda to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Olmazor tumanidagi Shifonur va Qoraqamish ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan erkak kishi, xushyor holatda Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan erkak kishining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Mazkur to‘qnashuv natijasida Nexia avtomashinasi xaydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi