Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti tashkil etiladi. Prezident 16 noyabrda bu haqdagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Uz24 xabar berdi.
Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- taekvondo WTF sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish;
- ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirish;
- yuqori intellektual salohiyatga vaaa sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash;
- respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash;
- o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- mavjud o‘quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta’lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
Milliy universitetda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari shakllantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi