17:53 / 12.12.2017
7 751

Jizzaxda 100 dan ortiq avtomashinalar hibsga olindi...

Jizzaxda 100 dan ortiq avtomashinalar hibsga olindi...
Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Bagarni shaharchasida 10 dekabrga o‘tar kechasi oq rangli «Neksiya» avtomobili 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib ketgan va yordam ko‘rsatmay, hodisa joyidan qochib ketgan. Jabrdiyda tezkor yordam ko‘rsatilmagani oqibatida halok bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 9 dekabrdan 10 dekabrga o‘tar kechasi Bagarni shaharchasida «Neksiya» avtomobili 5 yashar o‘g‘li bilan yo‘l chetida ketib borayotgan, 1982 yilda tug‘ilgan erkakni urib ketgan. Avtomobil haydovchisi hodisadan so‘ng to‘xtamagan, aksincha, hodisa joyida qochib qolgan.
Erkak vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Xabarga ko‘ra, yo‘lda hodisaga guvoh bo‘lganlar ichki ishlar organlari xodimlarini va so‘ngra tez tibbiy yordamni chaqirtirishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlariga guvohlar erkakni urib ketgan mashina «Neksiya 2» rusumiga tegishli ekanligini aytishgan. Mashina raqamini hech kim ko‘rishga ulgurmagan.

Ayni vaqtda G‘allaorol tumani, xususan Bagarni va Marjonbuloq shaharchalarida ushbu holat yuzasidan qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Huquq-tartibot organlari xodimlarida shubha uyg‘otgan avtomobillar tekshirilib, egalari so‘roq qilinayotgani ma’lum.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda 100dan ziyod avtomobillar hibsga olingan va stoyankalarga joylashtirilgan.

Manba: sputniknews

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 100 dan ortiq avtomashinalar hibsga olindi...