7 981
Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 5 yanvar kuni avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston 5 yanvar kuni Toshkent-Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
Shu kuni ilk reys amalga oshiriladi. Kelgusida har kuni ertalab soat 6dan 20gacha bir soat oraliqda muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Chimkent” (Qozog‘iston) avtovokzallaridan qatnaydi.
"Ushbu marshrutning umumiy masofasi 145,2 km bo‘lib, manzilga uch soatda yetib boriladi. Avtobus va yo‘lovchilar “G‘ishtko‘prik” (O‘zbekiston) va "Jibek Joli" (Qozog‘iston)" nazorat-o‘tkazuv punktlari orqali o‘tadi”, — deb ma’lum qildi O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidagi manba.
Avtobus va yo‘lovchilar hamda ularning yuklari bojxona va chegara punktidan navbatsiz, piyoda o‘tuvchilar oqimidan alohida tartibda birinchi navbatda o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi