08:04 / 19.01.2018
8 880

Eng ko‘p OITSga yo‘liqqan nikohlanuvchi yoshlar O‘zbekistonning qaysi hududiga to‘g‘ri keladi?

Eng ko‘p OITSga yo‘liqqan nikohlanuvchi yoshlar O‘zbekistonning qaysi hududiga to‘g‘ri keladi?
2017 yilda O‘zbekistonda 306 197 ta nikoh qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 31 149 taga yoki 11 foizga ko‘p demakdir. Adliya vazirligining FHDYo sohasidagi tahlillari natijalari shundan dalolat bermoqda.

Ta’kidlash joizki, eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ushbu viloyatda 2017 yilda qayd etilgan nikohlar soni 38 308 ta (12,5 foiz)ni tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari keltirilgan bo‘lib, ularning 2017 yilgi ko‘rsatkichlari 33 922 (11 foiz) va 31 767 ta (10,4 foiz)ni tashkil qilgan.

Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishida eng ko‘p OITS kasalligiga yo‘liqqanlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 115 (22 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent va Andijon viloyati keltirilgan - 69 ta (13,2 foiz). Samarqand viloyatida esa 68 (13 foiz) shunday holat qayd qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng ko‘p OITSga yo‘liqqan nikohlanuvchi yoshlar O‘zbekistonning qaysi hududiga to‘g‘ri keladi?