
O‘zbekiston milliy axborot agentligi Vashingtonda o‘tgan davra suhbati haqida maqola e’lon qildi. Unda taniqli siyosatchilar, fan arboblari hamda jurnalistlar ishtirok etgan.
O‘zAda keltirilishicha, 2000-2003 yillarda AQShning O‘zbekistondagi, 2003-2006 yillarda esa Ukrainadagi elchisi bo‘lgan, hozirda u Atlantika Kengashida etakchi ekspert Jon Herbst Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarini yuqori baholagan.
— O‘tgan bir yil ichida Toshkent tashlagan qadamlarga qarab, bu mamlakatda siyosiy-biznes elita Prezident atrofida birlashganini ko‘rish mumkin. Mirziyoyevga yakkahokim deb qaray olmaymiz. Prezident qarorlarni o‘zi bilganicha qilayotgani yo‘q, u uyushgan elitaga tayanmoqda.
Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqda. Shu bilan Mirziyoyev usta siyosatchi ekanini namoyon qilmoqda. Aytayotgan gaplari, tashlayotgan ehtiyotkor qadamlari bilan hammani sinovdan o‘tkazmoqda, tavakkal ham qilayotgani aniq.
O‘zbekiston Rossiya va Xitoy bilan tutashmagani unga ustunlik beradi. Vashington u bilan shu bois ham yaqindan ishlashi kerak. Va bir narsani esda tutish lozim: O‘zbekiston tobora o‘zgarib, erkinlashib borishi uchun yordam zarur, lekin demokratiya va matbuot erkinligiga erishish uchun o‘nlab yillar kerak bo‘ladi.
Siyosiy mentalitet yangilanishi, xalq erkinlik va qonun ustuvorligi degan qadriyatlarga o‘rganishi uchun nafaqat sabr-qanoat zarur, balki qattiq mehnat ham qilish zarur. Islohotlar faqat Prezidentga bog‘liq emas, o‘zgarish qilish faqat uning qo‘lida emas. Lekin davlat rahbari xalqiga bu borada yetakchilik qilishi zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar