5 225
Fuqarolar murojaatiga bepisand qaragan 15 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunni buzgan tashkilotlardagi mas’ul shaxslari aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Vazirlik, idora hamda mahalliy hokimiyat organlaridan olingan ma’lumotlarda qayd etilishicha, o‘tgan yili jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun buzilishi holatlariga sababchi bo‘lgan 3366 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan keskin choralar qo‘llangan.
Jumladan, rahbar va mas’ul xodimlardan 290 nafari egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan, 2897 nafariga intizomiy, 164 nafariga ma’muriy jazo qo‘llangan, 15 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, hisobot davrida Vazirlar Mahkamasi Apparati, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan jami 806,5 mingta yozma, og‘zaki va elektron murojaatlar tushgan bo‘lib, 2016 yilga nisbatan 61 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasiga aholidan 971,8 mingta murojaat kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi