18:24 / 26.02.2018
4 678

“O‘zbektelekom”ning yangi bosh direktori haqida nimalarni bilamiz?

“O‘zbektelekom”ning yangi bosh direktori haqida nimalarni bilamiz?
“O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktorligiga Farhod Ro‘ziyev tayinlangani haqida xabarlar chiqqan edi. Bugun, 26 fevral kuni kompaniya saytida bu bo‘yicha rasmiy axborot tarqatildi.

Qayd etilishicha, Ro‘ziyev Farhod Zafarovich “O‘zbektelekom” AK bosh direktori v.v.b etib tayinlangan va 2017 yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Shuhrat Qodirovning o‘rnini egallagan.

Farhod Ro‘ziyev 1979 yil 26 mart kuni tug‘ilgan. 2000 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yili “Sarkor Telecom” kompaniyasida boshlagan va kompaniya menejerligidan bosh direktorligigacha ko‘tarilgan.

2007 yilda “Winncom Technologies Corp” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ukrainadagi biznesini rivojlantirish bo‘yicha hududiy direktori vazifasida ishlagan.

2011-2012 yillarda “O‘zbektelekom” AKga ishga kirib, “Uzonline” loyihasiga rahbarlik qilgan, shuningdek “Uzmobile” filiali direktori bo‘lgan.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladi.

Uylangan, ikki nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbektelekom”ning yangi bosh direktori haqida nimalarni bilamiz?